<?xml version="1.0" encoding="UTF-8"?><song><title>Dardimga shifo berdi</title>
<lyrics>[C1]
.  Em
   Dardlar cheksam dard bilan
.  C
   Shifo bergan Sen Rabbim.
.  Am
   Yoʻlga chiqsam mard bilan
.  D
   Duo bergan Sen Rabbim

[V1]
 Yiqilsam soʻqmoq yoʻlda
 Uzatasiz qoʻlingiz
 Adashsam sahro, choʻlda
 Koʻrsatasiz yoʻlingiz.

[V2]
 Goh ranjisam doʻstimdan
 Silaysiz asta boshim.
 Kechib kam-u koʻstimdan,
 Artasiz asta yoshim.

[V3]
 Oʻrganyabman men asta
 Sendan olib saboqlar.
 Kechirim berish qasdda,
 Oʻtsa jondan qiynoqlar.

[V4]
 Kalomingiz qoʻlimda,
 Sevish sirin oʻrgatar.
 Chiqsa nomard yoʻlimda
 Tilim duolar aytar.

[V5]
 Qaytasiz bir kun aniq,
 Kutyabman men mushtoq.
 Qalbim boʻlmoqda siniq,
 Seni anglaganim chogʻ.

[V6]
 Oʻrgandim sevish sirin,
 Muqaddas Ruhingizdan.
 Angladim sevgi nima
 Xochdagi ohingizdan.

[V7]
 Kechiring, meni yana
 Toʻldirib yuragimni.
 Aytibman yana-yana
 Orzuyim, tilagimni.

[V8]
 Bugun tutdim qoʻlingiz,
 Buyuring ne qilayin?
 Rabbim najot yoʻlingiz,
 Chin fidosi boʻlayin!</lyrics>
<key>Em</key>
<author>Hizirov Ravshan</author>
</song>